Yangiliklar

Eksport va logistika Akademiyasi barcha hohlovchilarni

 “Transport Logistikasi” o’quv kursiga taklif qiladi.

 

O'qish onlayn shaklda (ZOOM dasturida) bo'lib o'tadi

O'qish muddati: 2020 yil 12 oktyabrdan 27 noyabrgacha

O'qish kunlari: haftasiga 3 marta (Dushanba / Chorshanba / Juma)

Vaqti: soat 19:00 dan 21:00 gacha.


O'quv dasturi transport-logistika kompaniyalari, logistika markazlari, hamda turli hil korxonalarning logistika va tashqi iqtisodiy faoliyat bo'limlari xodimlari; xalqaro savdo va ekspeditorlik sohasida ishlaydigan yoki ishlashni rejalashtirgan mutaxassislar uchun mo'ljallangan.

O'quv kursi dasturi malaka oshirishning xalqaro va milliy standartlari talablariga muvofiq ishlab chiqilgan bo'lib, zamonaviy tashishni tashkil etishga oid barcha asosiy bilimlarni qamrab oladi.

O'quv kursi xalqaro savdo va ekspeditorlik sohasida ko'p yillik tajribaga ega amaliyotchi mutaxassislar tomonidan o'tkaziladi.

Ushbu o’quv dasturi bo’yicha qo’shimcha ma’lumotni o’quv kursi Koordinatoriga murojaat qilib olishingiz mumkin. Murojaat uchun telefon raqamlar: + 998 90 952 99 50 / + 998 93 579 56 60 va elektron pochta manzili: info@el-academy.uz

Eksport va Logistika Akademiyasi faoliyati va barcha o'quv dasturlari bilan quyidagi sayt orqali tanishishingiz mumkin: http://el-academy.uz/

Share: