Yangiliklar

Ko‘p vaqt va moliyaviy xarajatlarni talab qilmaydigan beshta oddiy qadam O‘zbekistonning ombor yoki logistika markazini ombor xizmatlari bo‘yicha xalqaro savdo maydonchasiga olib chiqish, shuningdek, tovar yetkazib berishning global zanjiriga kirish imkonini beradi.

Buning uchun nima kerak?

Buning uchun siz 15 daqiqa vaqt ajratib, quyidagi gadamlarni amalga oshirishingiz kerak:

Birinchi qadam. Internetga kiring va www.skladi.uz ni tering - bu "O'zbekiston omborlari va logistika markazlari" Ombor logistika axborot portali;

Ikkinchi qadam. Agar siz o'zingizning omboringiz yoki logistika markazingiz haqida ma'lumot joylashtirmoqchi bo'lsangiz yoki o'zingizga kerak bo'lgan ombor va logistika markazini qidirayotgan bo'lsangiz, unda quyidagi bo'limlarga kiring: - "Omborlar" yoki "Logistika markazlari" va ro'yxatdan o'ting;

Uchinchi qadam. Agar siz omborlar yoki maxsus takliflar uchun uskunalar yetkazib beruvchilarni topmoqchi bo'lsangiz, unda siz "Yetkazib beruvchi takliflari" va "Maxsus takliflar" bo'limlariga kiring va ro'yxatdan o'ting;

To'rtinchi qadam. Ro'yxatdan o'tgandan so'ng siz ombor yoki logistika markazining ma'lumotlarini (texnik tavsiflarini) kiriting va oxirida - "Qo'shish" tugmasini bosing;

Va oxirgi beshinchi qadam. Kiruvchi so'rovlarga o'z vaqtida javob beriring va tovarlarni saqlash, kerak bo'lganda, tovarlarni tashish va boshqa turdagi ombor xizmatlari uchun shartnomalar tuzing, ularning miqdori va sifati sizning kompaniyangiz tomonidan doimiy ravishda oshirilishi va yaxshilanishi kerak.

www.skladi.uz Ombor logistika axborot portali  O‘zbekistonning o‘rta va yirik kompaniyalariga tovarlarni saqlash sohasida o‘z biznesini rivojlantirish uchun teng imkoniyat yaratadi.

Tadbirkorlarda savollar yoki takliflar bo‘lsa, O‘zbekiston Logistika Uyushmasiga bevosita 71-2499120 telefon raqam yoki logistika@adbl.uz elektron manzili orqali murojaat qilishlari mumkin.

Share: